O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining “Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi (15.05.2023-yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1458-6)
Hujjatga muvofiq, mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida sertifikatlashtirishda endilikda intellektual mulk obyektlariga (tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari, geografik ko‘rsatkichlar va sanoat namunalari) (IMO) bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligi ham o‘rganib, tekshiriladi.
Sertifikatlash organi (SO) tomonidan mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish davrida quyidagilar amalga oshiriladi:
a) mahsulotni sertifikatlashtirish uchun arizani ko‘rib chiqish, shu jumladan namunalarni identifikatsiya qilish, tanlab olish va laboratoriyaga yetkazish jarayonida tegishli mahsulotda IMOga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini o‘rganish va tekshirish SO tomonidan 2 ish kunida amalga oshiriladi.
b) o‘rganish va tekshirish davrida sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish uchun tanlab olingan mahsulot namunalarida (yorliq va qadoqlarda) qo‘llanilgan belgi, nom va boshqa rekvizitlarda qonunchilik hujjatlari bilan muhofaza qilinadigan IMOlar bilan adashtirib yuboradigan darajada bir xil yoki aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar aniqlansa, SO tomonidan arizachiga asoslantirilgan rad javobi beriladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.