Kuzatuvchi.uz / DAVLAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI QABUL QILISH – SURDOTARJIMON ISHTIROKIDA

DAVLAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI QABUL QILISH – SURDOTARJIMON ISHTIROKIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2024-yildagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-266-sonli qarori qabul qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar va idoralar, ularning tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullarni o‘tkazishda surdotarjimon bilan ishlashlari shart. 

Buning uchun vazirliklar va idoralarda, ularning hududiy bo‘linmalari va tizimidagi tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarning bir nafar o‘rinbosari tayinlanadi. 

Bundan tashqari, vazirliklar va idoralarda, ularning tizimidagi tashkilotlarda, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlaydigan bir nafar xodim surdotarjima kurslarida o‘qitiladi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

2024-yil 1-sentyabrgacha Ijtimoiy inspeksiyaning axborot tizimiga ulanish va foydalanish imkoniyati yaratiladigan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari ro‘yxati.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 21:13
Saytga qaytish