Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI QABUL QILISH – SURDOTARJIMON ISHTIROKIDA

DAVLAT ORGANLARIDA FUQAROLARNI QABUL QILISH – SURDOTARJIMON ISHTIROKIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.07.2024-yildagi "Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-266-sonli qarori qabul qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab vazirliklar va idoralar, ularning tizimidagi tashkilotlar, shuningdek, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullarni o‘tkazishda surdotarjimon bilan ishlashlari shart. 

Buning uchun vazirliklar va idoralarda, ularning hududiy bo‘linmalari va tizimidagi tashkilotlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish uchun mas’ul bo‘lgan rahbarning bir nafar o‘rinbosari tayinlanadi. 

Bundan tashqari, vazirliklar va idoralarda, ularning tizimidagi tashkilotlarda, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlaydigan bir nafar xodim surdotarjima kurslarida o‘qitiladi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va to‘siqsiz muhit yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

2024-yil 1-sentyabrgacha Ijtimoiy inspeksiyaning axborot tizimiga ulanish va foydalanish imkoniyati yaratiladigan vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari ro‘yxati.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KIMLAR FARZANDLARINI USTUNLIK BILAN BOG’CHAGA JOYLASHTIRISH

personmaftuna 30-09-24, 22:28
0 KIMLAR FARZANDLARINI USTUNLIK BILAN BOG’CHAGA JOYLASHTIRISH HUQUQIGA EGA?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bogʼchaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega...

QOʻRIQCHI «IKKI KUNDA BIR» REJIMIDA ISHLASHI MUMKINMI?

personmaftuna 21-02-24, 02:04
0 QOʻRIQCHI «IKKI KUNDA BIR» REJIMIDA ISHLASHI MUMKINMI?

Kechayu kunduz rejimidagi ish (3 kishi, ikki kunda bir) va korхonada belgilangan 24 soatlik ish rejimi amaldagi...

ARХITEKTURA VA QURILISH SOHASI FAХRIYLARI KENGASHI

personmaftuna 12-08-24, 23:15
0 ARХITEKTURA VA QURILISH SOHASI FAХRIYLARI KENGASHI TUZILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024-yildagi “Arхitektura va qurilish sohasi faхriylariga qulay shart-sharoitlar...

menu
menu