O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 557-son qarori qabul qilindi.
2024-yil oktyabr oyidan boshlab “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish moduli ishga tushiriladi.
Muammolarni oʻrganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi boʻyicha “maxalla – tuman – viloyat – respublika” darajasida hal etiladi.
“Xotin-qizlar.uz” platformasini takomillashtirish hamda doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xarajatlar Oʻzbekiston Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining buyurtmanomasi asosida Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
“Xotin-qizlar.uz” platformasi hamda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasida “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron hamkorlik doirasida almashiniladigan ma’lumotlar hamda axborotlar roʻyxati;
Xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va tizimli hal etish modulini ishlab chiqish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.