Kuzatuvchi.uz / MАLАKА SERTIFIKАTINI BERISH TАRTIBI BIRXILLАSHTIRILDI

MАLАKА SERTIFIKАTINI BERISH TАRTIBI BIRXILLАSHTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023-yildagi 635-son qarori bilan Аyrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat xizmatlarini koʼrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. 

Reglament quyidagi tartibni belgilaydi:

•          jismoniy shaxslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʼyicha arizalarni qabul qilish va koʼrib chiqish tartibi;

•          malaka sertifikatini berish boʼyicha malaka imtihonini oʼtkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;

•          malaka sertifikatini berish boʼyicha murojaatlarni koʼrib chiqish tartibi;

•          malaka sertifikatining amal qilishini toʼxtatib turish va bekor qilish tartibi;

•          davlat xizmatini koʼrsatishda undiriladigan toʼlovlar taqsimoti tartibi.

Koʼrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.

Vakolatli organ malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda berilgan malaka sertifikatlarining reestriga tegishli yozuv kiritadi.

 

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

31-01-2024, 02:27
Saytga qaytish