MАLАKА SERTIFIKАTINI BERISH TАRTIBI BIRXILLАSHTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 30.11.2023-yildagi 635-son qarori bilan Аyrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat xizmatlarini koʼrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament quyidagi tartibni belgilaydi:
• jismoniy shaxslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish boʼyicha arizalarni qabul qilish va koʼrib chiqish tartibi;
• malaka sertifikatini berish boʼyicha malaka imtihonini oʼtkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
• malaka sertifikatini berish boʼyicha murojaatlarni koʼrib chiqish tartibi;
• malaka sertifikatining amal qilishini toʼxtatib turish va bekor qilish tartibi;
• davlat xizmatini koʼrsatishda undiriladigan toʼlovlar taqsimoti tartibi.
Koʼrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishlari mumkin.
Vakolatli organ malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda berilgan malaka sertifikatlarining reestriga tegishli yozuv kiritadi.
Muhayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ISH BERUVCHI QAYSI HUJJATLARNI 3 ISH KUNIDAN KECHIKTIRMAY
personmaftuna 01-05-24, 10:56Ish beruvchi xodimning arizasiga koʻra quyidagi hujjatlarni 3 ish kunidan kechiktirmay berishi shart: Ishga qabul...
BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI: 5 SAVOLGA JAVOB
personmaftuna 16-12-24, 11:13O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning...
BOJХONA OMBORLARINING YONGʻIN ХAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILDI
personmaftuna 05-08-24, 20:12Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga yonish va portlash...