Kuzatuvchi.uz / MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI – QO‘SHIMCHA KELISHUV BILANMI YOKI YANGI MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISH ORQALIMI?

MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI – QO‘SHIMCHA KELISHUV BILANMI YOKI YANGI MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISH ORQALIMI?

Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq berish uchun asos – mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartishlardir.

Mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilgan va mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi. Qo‘shimcha kelishuv kamida ikki nusxada tuziladi. Ularning har biri xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Qo‘shimcha kelishuvning barcha nusxalari mansabdor shaxsning imzosi bilan (agar mavjud bo‘lsa) tasdiqlanadi. Qo‘shimcha kelishuvning bir nusxasi xodimga topshiriladi, qolganlari – ish beruvchida mehnat shartnomasi bilan birga saqlanadi. Xodim ish beruvchining nusxasida qo‘shimcha kelishuv nusxasini olganligini qo‘shimcha imzo bilan tasdiqlaydi.

Shunday qilib, mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish uchun – yangi mehnat shartnomasini tuzish emas, balki amal qilish muddatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida unga qo‘shimcha kelishuv tuzish kerak.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

29-09-2024, 15:03
Saytga qaytish