Kuzatuvchi.uz / OILАVIY KORXONАLАR 5 NАFАRGАCHА XODIMNI ISHGА OLISHLАRI MUMKIN

OILАVIY KORXONАLАR 5 NАFАRGАCHА XODIMNI ISHGА OLISHLАRI MUMKIN

Prezident tomonidan 27.12.2023-yildagi “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirishlar va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisida”gi OʼRQ-890-son Qonun imzolandi.

Bojxona kodeksiga davlat hamda nodavlat sport-taʼlim tashkilotlari tomonidan oʼz ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarining ellik foizi uchun bojxona bojini toʼlashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berilishini nazarda tutuvchi oʼzgartirishlar kiritilmoqda. 

Shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subʼektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi (ilgari 3 nafargacha) berilmoqda.

Bundan tashqari, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning oʼzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʼlish huquqi taqdim etilmoqda.

Shaharsozlik kodeksiga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish toʼgʼrisida qarorlar qabul qilish boʼyicha vakolatlari bekor qilinishini nazarda tutuvchi oʼzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

31-01-2024, 02:26
Saytga qaytish