Kuzatuvchi.uz / JAMOA SHARTNOMASINING TUZILISHI

JAMOA SHARTNOMASINING TUZILISHI

Jamoa shartnomasining tuzilishini uning taraflari belgilaydi.

Mehnat kodeksining 67-moddasiga binoan, jamoa shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin: mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar, narxlarning o‘zgarishidan, inflyatsiya darajasidan, jamoa shartnomasida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi, xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ishdan bo‘shatish shartlari, ish vaqti va dam olish vaqtining, ta’tillarning davomiyligi, xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlarini hisobga olish, ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar, ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, ish beruvchi tomonidan xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari, jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat qilish, taraflarning javobgarligi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatishi uchun normal sharoitlar bilan ta’minlash.

Agar qonunchilikda qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo‘yilishi shartligi to‘g‘risidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, ushbu qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

29-09-2024, 13:15
Saytga qaytish