Kuzatuvchi » Siyosiy » JAMOA SHARTNOMASINING TUZILISHI

JAMOA SHARTNOMASINING TUZILISHI

Jamoa shartnomasining tuzilishini uning taraflari belgilaydi.

Mehnat kodeksining 67-moddasiga binoan, jamoa shartnomasiga ish beruvchining va xodimlarning quyidagi masalalar bo‘yicha o‘zaro majburiyatlari kiritilishi mumkin: mehnatga haq to‘lash shakli, tizimi va miqdori, pul mukofotlari, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlar, narxlarning o‘zgarishidan, inflyatsiya darajasidan, jamoa shartnomasida belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishidan kelib chiqqan holda mehnatga haq to‘lashni tartibga solish mexanizmi, xodimlarning bandligi, ularni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni ishdan bo‘shatish shartlari, ish vaqti va dam olish vaqtining, ta’tillarning davomiyligi, xodimlarning, shu jumladan ayollarning, nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnat sharoitlari hamda mehnat muhofazasini yaxshilash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tashkilotni, idoraga qarashli uy-joyni xususiylashtirish chog‘ida xodimlarning manfaatlarini hisobga olish, ishni ta’lim bilan qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun imtiyozlar, ixtiyoriy tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, ish beruvchi tomonidan xodimlarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari, jamoa shartnomasining bajarilishi ustidan nazorat qilish, taraflarning javobgarligi, kasaba uyushmasi qo‘mitasi faoliyat ko‘rsatishi uchun normal sharoitlar bilan ta’minlash.

Agar qonunchilikda qoidalar jamoa shartnomasida albatta mustahkamlab qo‘yilishi shartligi to‘g‘risidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma mavjud bo‘lsa, ushbu qoidalar jamoa shartnomasiga kiritiladi.

 

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

personmaftuna 20-02-25, 11:48
0 BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

XORIJGA CHIQISHGA CHEKLOVNI OLIB TASHLASH UCHUN QANCHA

personmaftuna 10-12-24, 11:48
0 XORIJGA CHIQISHGA CHEKLOVNI OLIB TASHLASH UCHUN QANCHA ALIMENT TO‘LASH KERAK?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 808-son qarori bilan alimentlarni oldindan to‘lash va qarzdorning aliment...

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH

personmaftuna 29-09-24, 16:16
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH TARTIBI

Ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa...

menu
menu