Kuzatuvchi.uz / “OILAVIY” OVOZ BERISH

“OILAVIY” OVOZ BERISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-953-son Qonun imzolangan bo‘lib, ushbu  qonun   ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro saylov standartlari asosida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan.  Xususan, fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini  berganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali fuqarolarning teng saylov huquqi kafolatlari kuchaytirilmoqda.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganligi – BHMning 1 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, Qonun bilan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etish uchun Davlat byudjeti hisobidan ularga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoхud hisobotda bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik – mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

28-09-2024, 16:35
Saytga qaytish