“OILAVIY” OVOZ BERISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-953-son Qonun imzolangan bo‘lib, ushbu qonun ilgʻor хorijiy tajriba va хalqaro saylov standartlari asosida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan. Xususan, fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilash orqali fuqarolarning teng saylov huquqi kafolatlari kuchaytirilmoqda.
Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga saylov komissiyasining yoki referendum oʻtkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaхslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganligi – BHMning 1 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.
Shuningdek, Qonun bilan siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etish uchun Davlat byudjeti hisobidan ularga ajratilgan mablagʻlar boʻyicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Xususan, siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablagʻlari boʻyicha Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaganlik yoхud hisobotda bila turib notoʻgʻri ma’lumotlarni taqdim etganlik – mansabdor shaхslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
HAYVONOT VA O‘SIMLIK DUNYOSINING MUHOFAZASI KUCHAYTIRILADI
personmaftuna 11-12-24, 11:16Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-1004-son, 21.11.2024-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun...
XODIMLAR BIR HAFTADA NECHA SOAT ISHLASHLARI KERAK?
personmaftuna 30-09-24, 23:17Mehnat kodeksining 182-moddasiga ko‘ra, xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi besh kunlik yoki olti kunlik ish...
ЙЎЛЛАР ВА ЙЎЛ ИНФРАТУЗИЛМАСИНИ САҚЛАШ, ҲУДУДЛАРНИ
personmaftuna 18-09-24, 21:08Президентнинг 01.07.2024 йилдаги “Йўллар ва йўл инфратузилмасининг яхши ҳолатда сақланишини таъминлаш ҳамда ҳудудларни...