Kuzatuvchi.uz / KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʼtarish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmonni imzoladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilmoqda, uning vazifalari quyidagilardan iborat:

•          respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendentsiyalarini tahlil va prognoz qilish;

•          hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek qonunchilik va huquqni qoʼllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish.

Institut Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiradi va Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari boʼyicha huquqiy vorisi hisoblanadi. Institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

31-01-2024, 02:17
Saytga qaytish