Kuzatuvchi.uz / NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR E’LON QILINADIGAN RASMIY MANBALAR

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR E’LON QILINADIGAN RASMIY MANBALAR

Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘ridigi O‘RQ-682-son qonunning 39-moddasiga binoan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar etib belgilangan.

Qonunga ko‘ra,   “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar hisoblanadi.

“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

“O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi”, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

26-09-2024, 01:58
Saytga qaytish