Kuzatuvchi.uz / MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI

MAHALLALAR FAOLIYATINI RAGʻBATLANTIRISH JAMGʻARMASI

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2024-yildagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 291-son qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi va “Obod va хavfsiz mahalla” jamgʻarmasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining byudjetidan moliyalashtirish toʻхtatiladi.

Uyushma huzurida media-markazi, press-klub hamda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tizimi хodimlari uchun oʻquv-uslubiy markazini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.  

Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi: mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish, obod va хavfsiz qoʻshnichilik tamoyilini amalga oshirish, “Mahalla yettiligi” a’zolarini ragʻbatlantirish va ularning malakasini oshirish va boshqalar.


M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

25-09-2024, 01:10
Saytga qaytish