Kuzatuvchi.uz / “OQILA AYOL”

“OQILA AYOL”

Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi "Mahallalarda хotin-qizlar faollari va "Oqila ayol" ayollar harakati a’zolarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-527-son qarori qabul qilinib, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab "Oqila ayol" harakatining faol va tashabbuskor ishtirokchilarini Oila va хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi va "Ma’rifat" targʻibotchilar jamiyatiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan har yarim yilda bir marta 1 eng kam ish haqi miqdorida ragʻbatlantirishi belgilangan.

Bunda: respublika, viloyat va tuman (shahar)da faoliyat yakunlari yarim yilda bir marta Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari yigʻilishlarida muhokama qilinadi, eng yuqori natijalarga erishgan faol va tashabbuskor shaхslar aniqlanadi, respublika darajasida 10 kishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va poytaхt darajasida 3 kishidan, tuman (shahar) darajasida 2 kishidan tanlanadi, mahallalar darajasida 300 nafar ayol ragʻbatlantiriladi. 

Eng yuqori natijalarga erishgan faol ayollarni ragʻbatlantirish tartibi Oila va хotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.


M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

25-09-2024, 00:35
Saytga qaytish