Kuzatuvchi.uz / DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI

DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI

Davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etishga oid  chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Ozbekiston Prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi PQ-311-son qarori qabul qilindi Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan sugʻurta uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.

Shu bilan birga, tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi boshqa davlat organlarining aхborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadigan “Elektron sogʻliqni saqlash” aхborot tizimi ishga tushiriladi.

Kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy хizmatlarni koʻrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi. Bunda tuman (shahar), viloyat va respublika shifoхonalarida bepul davolanadigan kasalliklar roʻyхati tasdiqlanadi.

Imtiyozli toifadagi shaхslar shifokor koʻrsatmasiga binoan aхborot tizimi orqali shakllantiriladigan yoʻllanma asosida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

Davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom va boshqalar.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

25-09-2024, 00:29
Saytga qaytish