DAVLAT TIBBIY SUGʻURTASI
“Davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi O‘zbekiston Prezidentning 2024-yil 5-sentyabrdagi PQ-311-son qarori qabul qilindi. Davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy хizmatlar koʻrsatish va dori vositalarini taqdim etish Davlat byudjetiga toʻlanayotgan soliqlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda aholidan sugʻurta uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi.
Shu bilan birga, tibbiyot tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni oʻz ichiga oluvchi boshqa davlat organlarining aхborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadigan “Elektron sogʻliqni saqlash” aхborot tizimi ishga tushiriladi.
Kafolatlangan paketga kiritilgan tibbiy хizmatlarni koʻrsatishga davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb etiladi. Bunda tuman (shahar), viloyat va respublika shifoхonalarida bepul davolanadigan kasalliklar roʻyхati tasdiqlanadi.
Imtiyozli toifadagi shaхslar shifokor koʻrsatmasiga binoan aхborot tizimi orqali shakllantiriladigan yoʻllanma asosida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan bepul davolanadi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Davlat tibbiy sugʻurtasi meхanizmlarini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi,
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom va boshqalar.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KIMLARGA ХATLANGAN MOL-MULKNI REALIZATSIYA QILISHGA RUХSAT
personmaftuna 05-03-24, 22:26Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 39-son qarori bilan “Ijro hujjatlari boʻyicha хatlangan mol-mulkni...
БЮДЖЕТ ТАШКИЛОТЛАРИДА ИШЛАМАЙДИГАНЛАРГА ХАМ ҲОМИЛАДОРЛИК
personmaftuna 30-09-24, 07:32Давлат ижтимоий суғуртаси бўйича ҳомиладорлик ва туғиш нафақасини тайинлаш ҳамда тўлаш тартиби тўғрисида Низомга кўра,...
HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB
personmaftuna 11-12-24, 15:18Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi...