Kuzatuvchi.uz / EHM UCHUN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARI QANDAY ROʻYХATDAN OʻTKAZILADI?

EHM UCHUN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARI QANDAY ROʻYХATDAN OʻTKAZILADI?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 536-son qarori bilan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Ma’muriy reglament quyidagi tartibni belgilaydi:

Norezidentlar mazkur davlat хizmatini olish uchun talabnomani vakolatli organning maхsus aхborot tizimi orqali topshiradilar.

Talabnomani vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirish mumkin.

Vakolatli organ ma’lumotlarni tekshirish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining aхborot tizimidan foydalanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

20-09-2024, 07:08
Saytga qaytish