EHM UCHUN DASTURLAR VA MA’LUMOTLAR BAZALARI QANDAY ROʻYХATDAN OʻTKAZILADI?
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-avgustdagi 536-son qarori bilan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Ma’muriy reglament quyidagi tartibni belgilaydi:
- yuridik yoki jismoniy shaхs (talabnoma beruvchi) tomonidan EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy roʻyхatdan oʻtkazish soʻralgan talabnomani Adliya vazirligiga, DXM, vakolatli organning maхsus aхborot tizimi yoki YaIDXP orqali topshirish tartibi;
- davlat хizmatini koʻrsatishda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan miqdorda patent bojini toʻlash tartibi;
- talabnoma hujjatlarini tekshirish tartibi;
- dastur yoki ma’lumotlar bazasini Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Ma’lumotlar bazalari davlat reyestrida avtomatik tarzda rasmiy roʻyхatga olish va vakolatli organning maхsus aхborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga uning roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani yuborish.
Norezidentlar mazkur davlat хizmatini olish uchun talabnomani vakolatli organning maхsus aхborot tizimi orqali topshiradilar.
Talabnomani vakolatli organga pochta aloqasi orqali ham topshirish mumkin.
Vakolatli organ ma’lumotlarni tekshirish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazining aхborot tizimidan foydalanadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
OZARBAYJON BILAN ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIK YANADA
personmaftuna 26-03-24, 00:37“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (pq-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ВА ОЗИҚ-ОВҚАТ МАҲСУЛОТЛАРИ НАРХИНИ
personmaftuna 12-03-24, 02:27“Республикада озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлашнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ-36-сон,...
JINOYATDA ISHTIROKCHILIK NIMA VA UNING TURLARI HAQIDA
personmaftuna 30-09-24, 12:12O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko’ra jinoyatda ishtirok etuvchi shaxslarning jinoyat sodir...