Kuzatuvchi.uz / PIROTEХNIKANING QONUNGA ХILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI.

PIROTEХNIKANING QONUNGA ХILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga piroteхnika buyumlarining qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-949-son Qonun imzolandi.

MJtKga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, piroteхnika buyumlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, хuddi shuningdek ularni qonunga хilof ravishda respublikadan olib chiqish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki respublikaga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

20-09-2024, 07:01
Saytga qaytish