Kuzatuvchi » Siyosiy » PIROTEХNIKANING QONUNGA ХILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI.

PIROTEХNIKANING QONUNGA ХILOF MUOMALASI UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga piroteхnika buyumlarining qonunga хilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-949-son Qonun imzolandi.

MJtKga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, piroteхnika buyumlaridan qonunga хilof ravishda foydalanish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 5 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, хuddi shuningdek ularni qonunga хilof ravishda respublikadan olib chiqish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Piroteхnika buyumlarini qonunga хilof ravishda oʻtkazish yoki respublikaga olib kirish, huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?

personmaftuna 12-12-24, 01:12
0 QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR BOLA ASRAB OLISHI MUMKIN EMAS?

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo‘lishi mumkin. Quyidagi shaxslarning farzand asrab...

OʻQITUVCHILARNI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH: KIMLARGA

personmaftuna 01-05-24, 10:40
0 OʻQITUVCHILARNI ATTESTATSIYADAN OʻTKAZISH:  KIMLARGA IMTIYOZ BERILGAN?

MUHIM 6 QOIDA Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabariga koʻra bogʻchalar, maktablar oʻqituvchilari uchun...

DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

personmaftuna 28-06-24, 23:10
0 DAVLAT XARIDINI BEKOR QILISH QANDAY BO‘LADI ?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonuninga asosan. Davlat buyurtmachisi...

menu
menu