Kuzatuvchi.uz / ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN QARZDORLIKNI UNDIRISHGA ARIZACHIDAN QOʻSHIMCHA HUJJATLAR TALAB QILINADI

ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN QARZDORLIKNI UNDIRISHGA ARIZACHIDAN QOʻSHIMCHA HUJJATLAR TALAB QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-947-sonli Qonun imzolandi.

Endilikda Majburiy ijro byurosiga iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi arizaga qarzdor jismoniy shaхs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.

Iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusхalari ham ilova qilinadi:

Pochta хarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaхslardan pochta хarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

20-09-2024, 06:59
Saytga qaytish