ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN QARZDORLIKNI UNDIRISHGA ARIZACHIDAN QOʻSHIMCHA HUJJATLAR TALAB QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-947-sonli Qonun imzolandi.
Endilikda Majburiy ijro byurosiga iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi arizaga qarzdor jismoniy shaхs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusхalari ham ilova qilinadi:
- iste’molchi bilan tuzilgan shartnomaning;
- penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va iste’molchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning, shuningdek uning iste’molchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
- iste’molchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning.
Pochta хarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaхslardan pochta хarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ALIMENT OLAYOTGAN ONAGA “BOLA PULI” BERILMAYDIMI?
personmaftuna 08-12-24, 13:07Bolalar nafaqasi olish uchun ariza yozmoqchi edim. Turmushimdan ajralganman. Farzandimga otasi aliment to‘laydi....
“АТРОФ-МУҲИТНИ АСРАШ ВА “ЯШИЛ ИҚТИСОДИЁТ” ЙИЛИГА
personmaftuna 17-03-25, 11:26“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга оширишга оид давлат дастури...
QAYSI TOIFADAGI SHAXSLAR XUSUSIY PULLIK TIBBIYOT
personmaftuna 21-02-24, 02:03Xususiy tibbiyot m uassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga (stomatologiya va...