Kuzatuvchi.uz / OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” OʻRNATILADI

OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” OʻRNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-948-son Qonun imzolandi.

Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlarni ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat etish huquqlari belgilanmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Ombudsmanga murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi oʻrnatiladi.

Quti faqat Ombudsman, Bolalar ombudsmani yoki ularning kotibiyatlari хodimlari tomonidan ochiladi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

20-09-2024, 06:58
Saytga qaytish