Kuzatuvchi » Siyosiy » OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” OʻRNATILADI

OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JOYLARIDA “OMBUDSMAN QUTILARI” OʻRNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 28.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-948-son Qonun imzolandi.

Jinoyat-ijroiya kodeksida mahkumlarni ombudsmanga murojaatlar qutisi orqali murojaat etish huquqlari belgilanmoqda.

Jazoni ijro etish muassasalarining har bir turar joy sektorida, sanoat zonalarida, qisqa va uzoq muddatli uchrashuvlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan binolarda mahkumlar murojaatlarni qoldirishi uchun qulay boʻlgan joyda Ombudsmanga murojaatlar qutisi, tarbiya koloniyalarida esa qoʻshimcha ravishda Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi oʻrnatiladi.

Quti faqat Ombudsman, Bolalar ombudsmani yoki ularning kotibiyatlari хodimlari tomonidan ochiladi.

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI

personmaftuna 28-10-24, 16:16
0 PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

personmaftuna 28-10-24, 15:54
0 TEХNIKUMLAR YAGONA TARMOQQA BIRLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 16.10.2024-yilda “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada...

AL-XORAZMIY UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 23-06-25, 11:30
0 AL-XORAZMIY UNIVERSITETI TASHKIL ETILADI

“Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada...

menu
menu