Kuzatuvchi.uz / KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS?

KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS?

 

2002-yilda qabul qilingan 436-II-son qonunning 22-moddasiga asosan,

 

Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:

 

1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;

 

 2) agar o‘zlari harbiy xizmatga rozi bo‘lmasa, yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;

 

3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.

 

4) Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

19-09-2024, 00:43
Saytga qaytish