KIMLAR MUDDATLI HARBIY XIZMATGA BORISHLARI SHART EMAS?
2002-yilda qabul qilingan 436-II-son qonunning 22-moddasiga asosan,
Tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:
1) salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
2) agar o‘zlari harbiy xizmatga rozi bo‘lmasa, yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o‘tash vaqtida halok bo‘lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
3) ro‘yxatdan o‘tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo‘lgan chaqiriluvchilar.
4) Jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
INTELLEKTUAL MULK: NAZORAT XARIDLARI
personmaftuna 29-09-24, 21:23Vazirlar Mahkamasining 23.07.2024-dagi 441-son qarori bilan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning...
SUD TOMONIDAN HAL ETILADIGAN ISHLAR
personmaftuna 14-06-24, 02:10Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini...
MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISH TUSHUNCHASI
personmaftuna 29-11-24, 06:30Mehnat shartnomasini bekor qilish — ish beruvchi yoki ishchi o‘rtasidagi mehnat shartnomasining barcha shartlari...