Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi:
oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;
boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;
o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;
I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;
ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;
yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;
zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;
«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;
haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;
davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;
jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;
muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;
psixologik maslahatga muhtoj;
nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;
dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;
yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.