Kuzatuvchi » Siyosiy » YOSHLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

YOSHLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

Hukumatning 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Yoshlar daftari»ga 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi:

 oila a’zosi «Temir daftar», «Ayollar daftari» yoki «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan;

ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan;

boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan;

 o‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan;

 o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz;

I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

 farzandida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

 jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan;

 ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan;

yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan;

 zo‘ravonlik va ekspluatatsiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan;

«Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan;

haq to‘lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan;

davolanishga muhtoj bo‘lgan bemor yoshlar;

 jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan;

 muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan;

psixologik maslahatga muhtoj;

nikohi qayd etilganiga uch yildan oshmagan yosh oila;

dehqonchilik yoki tomorqa xo‘jaligini yuritayotgan;

yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yoshlar kiritiladi.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA

personmaftuna 28-10-24, 15:21
0 TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA DAVLAT ORGANLARINING MA’SULIYATI OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.10.2024-yildagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan hisobotlarni...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ID-KARTA (PASPORTINI)

personmaftuna 25-09-25, 22:39
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROSINING ID-KARTA (PASPORTINI) OLISH TARTIBI

ID-kartani rasmiylashtirish va berish quyidagi hollarda amalga oshiriladi: § ota-onalar, vasiylarning (homiylarning)...

TIBBIYOT XODIMLARI UCHUN ISH VAQTI

personmaftuna 18-03-24, 01:23
0 TIBBIYOT XODIMLARI UCHUN ISH VAQTI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 502-moddasiga ko‘ra, Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga...

menu
menu