Kuzatuvchi.uz / VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:

 

 ota-onaning biri vafot etganda;

 

 boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda;

bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;

 

 ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;

 

 ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

19-09-2024, 00:32
Saytga qaytish