Kuzatuvchi » Siyosiy » VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 33-bandiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosiga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish chog‘ida quyidagi holatlarda ota-onadan birining roziligi talab qilinmaydi:

 

 ota-onaning biri vafot etganda;

 

 boquvchisi yolg‘iz ona bo‘lgan hollarda;

bolaning ota-onasidan biri xorij fuqarosi bo‘lganida;

 

 ota-onadan biri sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud muomalaga layoqatsiz deb topilganida;

 

 ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ҚОНУНЧИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА

personmaftuna 21-03-24, 23:18
0 ҚОНУНЧИЛИКДА ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ИМТИЁЗЛАР ҲАҚИДА ХАБАРДОРМИСИЗ?

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 13.10.2020 йилдаги ПҚ-4862-сон қарорига мувофиқ Хотин-қизлар нодавлат таълим...

O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA

personmaftuna 16-12-24, 11:24
0 O‘ZBEKISTON FUQAROLIK KODEKSIDAGI XUSUSIY MULKKA OID 7 TA MUHIM NORMA

1. Mulk huquqi. Fuqarolik kodeksida mulk huquqi xususiy shaxslar va yuridik shaxslar tomonidan egalik qilish,...

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH

personmaftuna 29-09-24, 16:16
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLAR UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLASH TARTIBI

Ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq toʻlanadi. Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa...

menu
menu