Kuzatuvchi.uz / TA’LIM KREDITI OLISH UCHUN QANDAY HUJJATLAR KERAK BO’LADI ?

TA’LIM KREDITI OLISH UCHUN QANDAY HUJJATLAR KERAK BO’LADI ?

Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021-yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

 

     ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;

 

  talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi. (Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim)

 

   ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. ("Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi)

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun o‘sha reestrga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.

Yuqoridagi reestrga kirmaydiganlar uchun birgalikda kredit oluvchi (Kafil)ga tegishli ma’lumot va xujjatlar.

 

R.EGAMBERDIYEV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

19-09-2024, 00:27
Saytga qaytish