TA’LIM KREDITI OLISH UCHUN QANDAY HUJJATLAR KERAK BO’LADI ?
Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021-yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza;
talaba va ta’lim tashkiloti o‘rtasidagi to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqidagi to‘lov-kontrakt shartnomasi. (Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim)
ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. ("Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi)
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun o‘sha reestrga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
Yuqoridagi reestrga kirmaydiganlar uchun birgalikda kredit oluvchi (Kafil)ga tegishli ma’lumot va xujjatlar.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
КРИМИНОЛОГИЯ ТАДҚИҚОТ ИНСТИТУТИ ТОМОНИДАН ПУЛЛИК ХИЗМАТЛАР
personmaftuna 30-01-25, 02:47“Ўзбекистон Республикаси Криминология тадқиқот институти томонидан пуллик хизматларни кўрсатиш тартиби тўғрисида”ги...
SEKTOR RAHBARI XULOSASI ASOSIDA AYRIM XOTIN-QIZLARNING UY-
personmaftuna 24-07-24, 19:58Qonunchilikka ko'ra, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga...
OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANISHI HAQIDA HUQUQIY
personmaftuna 22-03-25, 11:25Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z vakolatlari doirasida...