Kuzatuvchi.uz / YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI

Yoshlar (yosh fuqarolar) — 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslar.

Yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga etkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol).

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari:

Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish kafolatlari:

bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi;

bepul umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim olish;

davlat ta’lim muassasalarida davlat grantlari doirasida bepul kasb-hunar va oliy ta’lim olish;

davlat sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalariga borish uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.

Ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan yosh fuqarolarni ishga joylashtirishga yordam qo‘shimcha ish o‘rinlari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni barpo etish, o‘qitish bo‘yicha maxsus dasturlarni tashkil etish, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda ish joylarining eng kam miqdori zaxirasini yaratish yo‘li bilan ta’minlanadi.

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

18-08-2024, 04:03
Saytga qaytish