Kuzatuvchi.uz / YURIDIK SHAXS MAQOMIGA EGA BO‘LMAGAN KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARI HISOBGA QO‘YILADI

YURIDIK SHAXS MAQOMIGA EGA BO‘LMAGAN KASABA UYUSHMALARI TASHKILOTLARI HISOBGA QO‘YILADI

Qonun (O‘RQ-942-son, 13.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalarining bo‘linmalariga va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlariga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi.

Bundan tashqari “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari bo‘linmalarining va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining adliya organlarida hisobga qo‘yilishi mumkinligini va ushbu tartib Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritildi.

 

Temur RAJABOV,

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 


18-08-2024, 03:47
Saytga qaytish