Kuzatuvchi.uz / YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANUVCHI 6 TA ELEKTROPOYEZD XARID QILINADI

YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANUVCHI 6 TA ELEKTROPOYEZD XARID QILINADI

“Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-289-son, 12.08.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:  

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ loyihani o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;

“O‘zmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;

Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vaziriga Hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berildi.

“O‘zmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.

 

Temur RAJABOV,

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

18-08-2024, 03:46
Saytga qaytish