Kuzatuvchi » Siyosiy » YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANUVCHI 6 TA ELEKTROPOYEZD XARID QILINADI

YUQORI TEZLIKDA HARAKATLANUVCHI 6 TA ELEKTROPOYEZD XARID QILINADI

“Koreya Eksimbanki ishtirokida “6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-289-son, 12.08.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:  

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va uning tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ loyihani o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish hamda Koreya Eksimbankining qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha masʼul ijro etuvchi organlar hisoblanadi;

“O‘zmilliybank” AJ Koreya Eksimbanki tomonidan taqdim etiladigan qarzlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida moliyaviy agent hisoblanadi;

Koreya Eksimbanki tomonidan ajratilgan qarzlarni qaytarish, shu jumladan ustamalar, foiz va boshqa to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidagi “Temiryo‘lekspress” AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vaziriga Hukumat nomidan qarzlarni qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berildi.

“O‘zmilliybank” AJga Koreya Eksimbanki qarzi bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining vakolatli banki bilan banklararo shartnomani imzolash vakolati berildi.

 

Temur RAJABOV,

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 29-04-24, 01:41
0 BILASIZMI?

Veb-sayt egasi va bloger internetdagi sahifasida nimalarga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini bilasizmi? - Veb-saytning va...

ҲАФТАНИНГ ҲАР ПАЙШАНБА КУНИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ КУНИ

personmaftuna 24-08-25, 19:59
0 ҲАФТАНИНГ ҲАР ПАЙШАНБА КУНИ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ КУНИ СИФАТИДА БЕЛГИЛАНДИ

“Ёшларнинг спорт билан мунтазам шуғулланиши учун қўшимча шарт-шароитлар яратиш тўғрисида”ги Президент қарори...

AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS

personmaftuna 05-08-24, 20:34
0 AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS ETTIRILADI

Favqulodda vaziyatlar vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va obyektlarning namunaviy х avfsizlik...

menu
menu