Kuzatuvchi.uz / BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-245-son, 08.07.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

Urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, shaharlar va tumanlar markazlarini rivojlantirish hamda aglomeratsiya hududlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro'yxati;

Aholi va sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega turizm maskanlarini tashkil etishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar va shaharlar ro'yxati;

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan hamkorlikda kompleks iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan master-rejalar ishlab chiqiladigan tumanlar ro'yxati.

Aholi ehtiyojidan kelib chiqib ko'p qavatli va yakka tartibdagi uy-joylar majmualarini tashkil qilish master-rejalarning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

2024-yil 1-avgustdan joriy yil yakunigacha belgilangan master-rejalarga muvofiq zamonaviy xizmat ko'rsatish majmualari va servis obyektlarini, jumladan joylashtirish vositalari, turar joylar, savdo-ko'ngilochar markazlarini tashkil qilish uchun master-reja hududidagi yer uchastkalari auksion savdolariga chiqariladi.

 

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

24-07-2024, 19:56
Saytga qaytish