Qarorga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo'yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'lgan 3 ta shtat birligidan iborat shoba tashkil etiladi:
nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o'tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko'rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integrasiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitasiya xizmatlarini ko'rsatish tizimini muvofiqlashtirish.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.