SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI JORIY ETILADI
Qarorga ko'ra, Sog'liqni saqlash vazirligi markaziy apparatida nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar ko'rsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish bo'yicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'lgan 3 ta shtat birligidan iborat shoba tashkil etiladi:
nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o'tkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK ko'rigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integrasiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
nogironligi bo'lgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitasiya xizmatlarini ko'rsatish tizimini muvofiqlashtirish.
S.BERDIQILICHOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
Boshqa maqolalar
QUROLNI IХTIYORIY TOPSHIRGAN SHAХS MA’MURIY JAVOBGARLIKDAN
personmaftuna 19-09-24, 07:13O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 27.08.2024-yildagi “Qurol toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi...
MANSABDOR SHAXSLARNING MA’MURIY JAVOBGARLIGI
personmaftuna 29-05-24, 02:52Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sog‘lig‘ini muhofaza...
MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA
personmaftuna 04-06-24, 14:17Farmonga muvofiq 2024-yil 1-iyundan: Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har...