Kuzatuvchi.uz / O‘LIMNI QAYD ETISH

O‘LIMNI QAYD ETISH

Oila kodeksining 223-moddasiga asosan, 

- o‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.

- Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish sudning mazkur qarorida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. 

- Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.

- O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 09:27
Saytga qaytish