Kuzatuvchi.uz / JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNI ISHGA OLGANLARGA SUBSIDIYA BERILADI

Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 450-son qarori qabul qilingan

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-oktyabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir shaxs uchun 3 oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan so‘ng BHMning 3 baravari (1 050 000 so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan.

Byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav (fondi) kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 09:16
Saytga qaytish