26.12.2018-yil kungi PQ-4079-son Prezident qaroriga asosan, quyidagilar xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etilishiga sabab bo‘ladi:
1)➖ biometrik pasportni olish uchun talab etiluvchi hujjatlar taqdim etilmaganda;
2)➖ agar shaxs o‘zi to‘g‘risida bila turib soxta yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan bo‘lsa;
3)➖ qo‘l barmoqlarining izlarini olish tartib-taomilidan bosh tortilgan va ko‘zoynak taqib yoki bosh kiyim, tashqi ko‘rinishga ta’sir qiluvchi ashyolar bilan suratga tushish istagi qat’iy bildirilgan bo‘lsa;
4)➖ agar shaxsga nisbatan xorijga chiqishiga to‘sqinlik qiladigan shartnoma, kontrakt majburiyatlari amal qilayotgan bo‘lsa, ushbu majburiyatlarning amal qilish muddati tamom bo‘lguniga qadar;
5)➖ agar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish yuzasidan uzil-kesil sud qarori yoki boshqa qaror qabul qilingunga qadar;
6)➖ agar shaxs ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratida bo‘lsa — nazorat to‘xtatilgungacha
7)➖ agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar;
8)➖ agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar (voyaga yetmagan bolalarni ta’minlash uchun alimentlar oldindan to‘langanligi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno);
9)➖ agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi axboroti mavjud bo‘lsa;
.Xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yuqorida sanab o‘tilganlardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.