O‘RQ-848-son Qonunga ko‘ra,
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagi mazmundagi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi belgilangan:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish to‘g‘risidagi;
alimentlarni undirish haqidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.