KAM TA’MINLANGAN OILALARGA DAVLAT XISOBIDAN YURIDIK YORDAM KO‘RSATILADI
O‘RQ-848-son Qonunga ko‘ra,
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan shaxslarga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga va ma’muriy sudlarga taalluqli bo‘lgan quyidagi mazmundagi ishlar bo‘yicha davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi belgilangan:
ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash to‘g‘risidagi;
ishga tiklash haqidagi;
ish haqini undirish to‘g‘risidagi;
alimentlarni undirish haqidagi;
uyga kiritish, turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan deb topish va ko‘chirish to‘g‘risidagi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqning boshqacha tarzda shikastlanganligi, shuningdek boquvchining vafot etganligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ISHGA QABUL QILISH CHOG‘IDA TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR
personmaftuna 25-09-25, 22:17Ishga qabul qilishda ishga kirayotgan shaxslardan qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish...
OILАVIY KORXONАLАR 5 NАFАRGАCHА XODIMNI ISHGА OLISHLАRI
personmaftuna 31-01-24, 02:26Prezident tomonidan 27.12.2023-yildagi “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartirishlar va...
СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ
personmaftuna 14-12-24, 15:14“Сунъий интеллект технологияларини 2030 йилга қадар ривожлантириш стратегиясини тасдиқлаш тўғрисида”ги Президент қарори...