Kuzatuvchi.uz / MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK ?

MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK ?

Mehnat kodeksining 105-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasining mazmuniga:

▪️xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

▪️mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;

▪️majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

▪️xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi.

Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining to‘lig‘icha haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 09:04
Saytga qaytish