Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK ?

MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK ?

Mehnat kodeksining 105-moddasiga ko‘ra, mehnat shartnomasining mazmuniga:

▪️xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

▪️mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablarni buzadigan;

▪️majburiy mehnatni taqiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

▪️xodimni qonunga xilof harakatlarni yoki ham xodimning, ham boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar kiritilmasligi kerak, agar ular kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy bo‘lmaydi.

Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining to‘lig‘icha haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN

personmaftuna 13-12-24, 11:07
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT  BILAN SHUG‘ULLANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish...

ROʻYXATGA OLISHDA REKLAMA VA AXBOROT KAMPANIYASI

personmaftuna 21-05-25, 13:03
0 ROʻYXATGA OLISHDA REKLAMA VA AXBOROT KAMPANIYASI

Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor...

IТ-СЕРТИФИКАТ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ЯИДХП ОРҚАЛИ ҚОПЛАШ МУМКИН

personmaftuna 14-05-24, 02:41
0 IТ-СЕРТИФИКАТ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ЯИДХП ОРҚАЛИ ҚОПЛАШ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 17.02.2024 йилдаги “Халқаро IТ-сертификатларга эга бўлган ёш мутахассисларни рағбатлантиришга...

menu
menu