Kuzatuvchi.uz / GRANTDA O‘QIGAN TALABALARNING 3 YIL ISHLAB BERISH MAJBURIYATI BEKOR QILINADI

GRANTDA O‘QIGAN TALABALARNING 3 YIL ISHLAB BERISH MAJBURIYATI BEKOR QILINADI

Prezidentning 24.05.2024-yil kungi 81-son Farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan,

2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bunda:

ta’lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

29-06-2024, 08:50
Saytga qaytish