GRANTDA O‘QIGAN TALABALARNING 3 YIL ISHLAB BERISH MAJBURIYATI BEKOR QILINADI
Prezidentning 24.05.2024-yil kungi 81-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga asosan,
➖2024/2025 o‘quv yilidan bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
Bunda:
ta’lim granti birinchi kursda OTMlarga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida OTMlar tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL OLISH TARIBI
personmaftuna 30-09-24, 12:02Mehnat kodeksining 241-moddasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib...
KIMLAR PEDAGOGIK FAOLIYAT BILAN SHUG‘ILLANISHI MUMKIN EMAS?
personmaftuna 29-06-24, 08:16"Pedagogning maqomi to‘g‘risida" gi O‘RQ-901-son Qonunga ko‘ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan...
MULK IJARASI SHARTNOMASI, U QANDAY TARTIBGA SOLINADI?
personmaftuna 01-05-24, 10:42O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligida mulk ijarasi bilan bog‘lik munosabatlar tartibda solingan bulib,...